TDSHU rektorining murojaati
Aziz sharqshunos talabalar!
Toshkent shahridagi ob-havo sharoiti bilan bog‘liq holatda Sizlarga rasman tavsiyalarimni eʼlon qilaman:
1. Eng avvalo, sog‘lig‘ingizga eʼtibor qarating, qishning sovuq kunlarida ehtiyot choralarini ko‘ring!
2. Universitetga kelish imkoniyati bo‘lgan talabalarga 11-yanvardan oraliq va yakuniy nazoratlarga tayyorlanish, shuningdek, kuzgi semestr davomida fanlardan o‘zlashtirilmagan mavzular va bilimlarni egallash uchun tegishli sharoitlar bor.
3. Universitetimiz o‘quv grafigiga ko‘ra oraliq va yakuniy nazorat ishlari quyidagi tartibda o‘tkazilishini eslatib o‘taman:
4. 18-yanvardan 24-yanvargacha 2-oraliq nazorat ishlari;
5. 25-yanvardan 31-yanvarga qadar yakuniy nazorat ishlari o‘tkaziladi.
6. Bahorgi semestr esa 1-fevraldan boshlanadi!
Barchangizga sog‘liq tilab, o‘z bilimlaringizni oshirish yo‘lida uzluksiz ishlashingizni so‘rab,
Rektoringiz Gulchehra Shavkatovna