Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHU «Sharq falsafasi va madaniyati» kafedrasi bitiruvchilari uchun “Karyera kuni”

13.12.2021, 00:21 Yangiliklar 2514

TDSHU Sharq sivilizatsiyasi va tarix fakulteti «Sharq falsafasi va madaniyati» kafedrasi magistratura va bakalavriat bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash maqsadida 2021-yil 11-dekabr kuni ish beruvchi hamkor tashkilotlar vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Sharq falsafasi va madaniyati» kafedrasida «Falsafa («Sharq falsafasi va madaniyati») ta’lim yo‘nalishi va «Sharq falsafasi va madaniyati» mutaxassisligi bo‘yicha magistrantlarni tayyorlaydi. 09.00.03 – «Falsafa tarixi» ixtisosligi bo‘yicha doktorantura mavjud.

photo_2021-12-12_23-44-05

photo_2021-12-12_23-44-17

Fakultet dekani Z.M.Qodirov, kafedra mudiri prof. D.A.Pulatova mazkur ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisligi – nisbatan yosh bo‘lishiga qaramay, bugungi kunda Respublikamizda va undan tashqarida ko‘plab bitiruvchilari mas’uliyatli lavozimlarda mehnat qilayotganliklarini ta’kidladilar. Jumladan, AQSH Kolumbiya universiteti professori Aziza Shonazarova, AQSHning Nyu-York shahridagi O‘zbekiston Konsuli Qahramon Dalimovlar aynan TDSHU Falsafa ta’lim yo‘nalishining bitiruvchilaridir.

photo_2021-12-11_17-54-16

photo_2021-12-11_16-31-30

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligidan Umidjon Isroilov, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Tarjimonlar byurosidan Jasur Ahmedov, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidan Maqsudali Safarov, Sohibjon Umarov, Davlat xizmatlari agentligidan Elyor Dilmurodov qatnashdilar. Uchrashuvda shuningdek, Sharq falsafasi va madaniyati mutaxassisligi bitiruvchilari –  kafedraning yosh o‘qituvchi va doktorantlari ham ishtirok etdilar.

photo_2021-12-11_16-31-49

Uchrashuv davomida talabalar hamkor tashkilotlarning ish faoliyati, unda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi axborot bilan tanishdilar. Shu bilan birga, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.

TDSHU Matbuot xizmati