TDSHU Talabalar turar joyiga jurnalistlar ishtirokida press-tur tashkil etildi
#SDG1
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Toshkent shahri va viloyatidagi qator oliy ta’lim muassasalari bo‘ylab press-tur bo‘lib o‘tdi va unda 20 dan ortiq jurnalist, bloger, ommaviy axborot vositalari vakillari va jamoatchilik kengashi a’zolari ishtirok etdi.
2024-yil 19-avgust kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Talabalar turar joyiga “Talabalarni talabalar turar joyiga joylashtirish va talabalar turar joylarini yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga bag‘ishlangan jurnalistlar ishtirokida press-tur” tashkil etildi.
Tashrif buyurgan OAV vakillari yangi o‘quv yilida foydalanishga topshiriladigan 400 o‘rinli talabalar turar joyi sharoitlari bilan yaqindan tanishdilar.