Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU talabalari ENERA kompaniyasida amaliyotni muvaffaqiyatli yakunladi

11.12.2025, 14:36 Yangiliklar 147

TDSHU va “Sanoat energetika guruhi ENERA” kompaniyasi o‘rtasida imzolangan o‘zaro hamkorlik shartnomasiga asosan, universitetimizning “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabalari 1 oy mobaynida kompaniyada tarjimonlik faoliyati bo‘yicha amaliyot o‘tadilar.

Amaliyot yakunlariga ko‘ra, 6 nafar iqtidorli talaba kompaniya vakillari tomonidan tavsiyanoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, faol talabalar Moodle.org ta’lim platformasining tarjimonlar ro‘yxatiga kiritildi.