Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU talabalari diqqatiga O‘zbekiston Milliy universiteti Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazida o‘qish uchun hujjatlar qabuli boshlanganini e’lon qilamiz!

13.03.2026, 16:41 E'lonlar 121

E’LON. Talabalar diqqatiga!

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazining tegishli nizom va qarorlari asosida 2026–2027 o‘quv yili uchun Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalari orasidan harbiy tayyorgarlik o‘quv markazida tahsil olish uchun hujjatlar qabul qilish jarayoni 2026-yil 19-mart kunidan 1-aprel kuniga qadar davom etishi ma’lum qilinadi.

Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazida tahsil olish istagini bildirgan universitetning 2-bosqich erkak talabalari belgilangan tartibda hujjat topshirishlari mumkin.

Hujjatlar quyidagi ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalardan qabul qilinadi:

  1. Sharq sivilizatsiyasi va falsafa fakulteti:
  • Tarix
  • Antropologiya va etnologiya
  • Falsafa
  1. Sharq xalqlari tillari va adabiyoti instituti:
  • Filologiya va tillarni o‘qitish
  • Tarjima nazariyasi va amaliyoti
  1. Tashqi siyosat va xalqaro iqtisodiy munosabatlar instituti:
  • Iqtisodiyot
  • Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar
  • Xalqaro munosabatlar
  • Turizm va mehmondo‘stlik
  • Menejment
  • Mamlakatshunoslik

Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazida o‘qish jarayonini muvaffaqiyatli yakunlagan talabalar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tizimida belgilangan tartibga muvofiq harbiy xizmatni o‘tagan deb hisoblanadi hamda ularga zaxiradagi leytenant harbiy unvoni beriladi.

 Hujjat topshirish uchun talab etiladigan hujjatlar:

  1. 3×4 o‘lchamdagi fotosurat (2 dona);
  2. Pasport yoki ID-karta nusxasi;
  3. Harbiy hisobga olish hujjati (“perepisnoy guvohnoma”) nusxasi;
  4. Harbiy guvohnoma (mavjud bo‘lgan taqdirda);
  5. Hujjatlarni taqdim etish uchun bog‘ichli papka.

Buklet

Harbiy tayyorgarlik o’quv markazi