TDSHU talabalari Xitoy Xalq Respublikasi stipendianti bo’ldi.
12-noyabr kuni O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining majlislar zalida Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi stipendiya dasturi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Samarqand davlat chet tillar instituti, TDPU qoshidagi akademik litsey, 59- sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi, Xitoy milliy madaniyat markazining o‘qituvchilari, talaba va maktab o‘quvchilari ishtirok etdi.
Xitoyshunoslik fakultetining 12 nafar talabasi stipendiya dasturi sohibi bo‘ldi. Xitoyning O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi Szyan Yan xonim stipendiya dasturi egalariga sertifikatlarni shaxsan topshirdi.