TDSHU talabalarining turar joy sharoiti o‘rganildi

2025-yil 27-mart kuni TDSHU rektori Gulchehra Rixsiyeva boshchiligida ijarada yashayotgan talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda talabalarning yashash sharoitlari hamda ehtiyojlari o‘rganildi.
Talabalar bilan muloqot chog‘ida turar joydagi qulayliklar va xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Universitet rahbariyati talabalar uchun yanada yaxshi sharoit yaratish maqsadida bu kabi uchrashuvlarni muntazam ravishda davom ettirmoqda.