TDSHU “Tashqi iqtisodiy faoliyat” kafedrasining “GRANT THORNTON” xalqaro auditorlik tashkilotida filiali ochildi
#SDG8
TDSHU, “Tashqi iqtisodiy faoliyat” kafedrasining “GRANT THORNTON” xalqaro auditorlik tashkilotida filiali ochildi.
Kafedra filiali O‘z.R. Prezidentining 21.04.2017-yildagi PQ-2909-son, 27.06.2017-yildagi PQ-3151-son, 07.05.2018-yildagi PQ-3698-son va 16.04.2020-yildagi PQ-4680-son qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
Uning faoliyati xalqaro iqtisodchilarni, xalqaro standartlarga muvofiq auditorlarni va hisobchi-moliyachi kadrlar tayyorlashdagi hamkorlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan.

