Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU va Pokiston o‘rtasidagi hamkorlik

27.02.2026, 16:54 Yangiliklar 35

2026-yil 27-fevral kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Pokistonning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi janob Ahmad Faruq tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida universitetda shoir Muhammad Iqbol nomidagi Urdu tili markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur markaz ikki davlat o‘rtasidagi ta’limiy va madaniy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Shuningdek, talabalar uchun zamonaviy o‘quv adabiyotlari va metodik materiallar bilan ta’nishishiga imkon beradi.