Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU va Vengriyaning Etvosh Loran universiteti olimlari hamkorligida onlayn vebinar

21.01.2026, 13:07 Yangiliklar 98

2026-yil 20-yanvar kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Vengriyaning Etvosh Loran universiteti olimlari hamkorligida “Uzbekistan and Hungary: Approaches to Language Teaching Methodologies” mavzusida onlayn vebinar o’tkazildi.
Unda O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida til ta’limi sohasida hamkorlikni mustahkamlash uchun keng imkoniyatlar mavjudligi haqida fikr almashildi. Xususan:
Til o‘qitish metodikalariga oid qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish;
Talabalar va o‘qituvchilar uchun almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
Hamkorlikdagi onlayn kurslar va vebinarlar tashkil etish;
Raqamli ta’lim resurslari va ilg‘or tajribalar bilan o‘zaro bo‘lishish.