Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU va XXR Ta’lim vazirligi huzuridagi Til ta’limi va xalqaro hamkorlik markazi (CLEC) o’rtasida kelishuvlarga erishildi

24.09.2025, 16:20 Yangiliklar 319

2025-yil 24-sentabr kuni TDSHU delegatsiyasi XXR Ta’lim vazirligi huzuridagi Xorij bilan xitoy tili almashinuv markazi rahbari Yu Yufen bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida Lanjou va TDSHU qoshidagi Konfutsiy institutini rivojlantirish masalalari ko’rib chiqildi. Shuningdek, xitoy tili o‘qituvchilarini universitetga taklif etish, ularning malakasini oshirish, maktab va oliygohlar uchun o‘quv adabiyotlari hamda darsliklar yaratish kabi qator masalalar va hamkorliklar muhokama qilinib, kelishuvlarga erishildi.