Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU vakili xalqaro konferensiyada

18.02.2026, 10:20 Yangiliklar 103

Joriy yilning 16–17 fevral kunlari Stambul Tijorat Universitetida “Oilani mustahkamlash” mavzusida 1-Xalqaro konferensiya bo‘lib o‘di. Nufuzli anjumanda turli davlatlardan olimlar, mutaxassislar hamda jamoat arboblari ishtirok etib, zamonaviy jamiyatda oila institutini qo‘llab-quvvatlash, uning ma’naviy-axloqiy asoslarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Mazkur xalqaro konferensiyada universitetimiz Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Shirin Zaynutdinova O‘zbekistonning faol va lider ayollari qatorida «Oila ichida rollar va vazifalar» mavzusidagi ma’ruza bilan ishtirok etdi.

Uning mazkur anjumandagi ishtiroki yurtimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning xalqaro miqyosda e’tirof etilayotganining yana bir ifodasidir. Konferensiya doirasida hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga xizmat qiluvchi muhim muloqotlar o‘tkazildi.