Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU vakillari Erasmus+ ICM dasturi doirasida xalqaro almashinuvlarda ishtirok etmoqda

17.10.2025, 18:16 Yangiliklar 213

TDSHUning bir qator professor-o’qituvchilari va talabalari Erasmus+ International Credit Mobility (ICM) dasturi doirasida Piza universiteti (Jasur Sulaymonov), Etvosh Loránd universiteti – ELTE (O’g’iljon Abduvaliyeva, Shamsiqamar Tilovmurodova) hamda Leyden universiteti (Sherali Shavkatov)da akademik almashinuv asosida tajriba orttirmoqdalar.

Mazkur almashinuv davomida TDSHU o‘qituvchilari hamda doktorantlari hamkor universitetlarning talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun ma’ruzalar va seminarlar o‘tkazmoqda. Mazkur mashg‘ulotlar falsafa, tilshunoslik va sharqshunoslik yo‘nalishlariga bag‘ishlanib, tajriba almashish hamda madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishga qaratilgan.

Bundan tashqari, TDSHU doktorantlari ham o‘z ilmiy faoliyatlarini boshlab, tadqiqot ishlari ustida ishlamoqda hamda ilmiy rahbarlar bilan maslahatlashib va hamkor universitetlarning kutubxona va ilmiy bazalaridan faol foydalanmoqdalar.

Mazkur tashriflar xalqaro akademik hamkorlikni mustahkamlash, ta’lim sifatini oshirish va ilmiy salohiyatni kengaytirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lmoqda. TDSHU jahonning yetakchi universitetlari bilan hamkorlikni rivojlantirish orqali global ta’lim maydonida faol ishtirok etishda davom etmoqda.