Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU vakillari Polshada

17.02.2026, 10:29 Yangiliklar 106

2026-yil 16-fevral kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti delegatsiyasi Polshaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri – Varshava Universiteti taklifiga binoan Varshava shahriga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida TDSHU delegatsiyasi universitetning Xalqaro hamkorlik bölimi vakillari bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlik istiqbollari, akademik almashinuv dasturlari hamda qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildilar.