TDSHU vakillari Varshava universitetida
2026-yil 17-fevral kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti delegatsiyasi Varshava Universiteti rahbariyati, xususan, Yoshlar masalalari va ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha prorektori professor Maciej Raś bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Shuningdek, delegatsiya Osiyo va Afrika xalqlari madaniyati fakulteti dekani o‘rinbosari, PhD Józef Pawłowski hamda Turk, mo’g’ul va Tibetshunoslik kafedrasi mudiri Dr. Jan Rogala bilan ham uchrashuvlar o‘tkazdi.
Uchrashuvlar davomida tomonlar universitetlar o‘rtasidagi hamkorlik, o‘quv faoliyati, shuningdek professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi masalalarini muhokama qildilar.



