Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU Yaponshunoslik oliy maktabi boshlig‘i Xalmurzayeva Nodira yapon tili ta’limi institutida malaka oshirmoqda

20.02.2026, 12:27 Yangiliklar 107

Ayni damda ta’lim sifatini oshirish hamda BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari, xususan SDG 4 — “Sifatli ta’lim” yo‘nalishi doirasida ayni damda TDSHU Yaponshunoslik oliy maktabi boshlig‘i Xalmurzayeva Nodira Yaponiya Xalqaro fondining Yapon tili ta’limi institutida malaka oshirish dasturini davom ettirmoqda.
Mazkur nufuzli dasturda jahonning 22 ta mamlakatidagi yetakchi universitetlar professor-o‘qituvchilari ishtirok etmoqda. Ushbu xalqaro ta’lim maydonida TDSHU Yaponshunoslik oliy maktabi boshlig‘i Xalmurzayeva Nodira ham faol qatnashib, o‘z ilmiy-metodik tajribasini namoyish etmoqda.

Malaka oshirish jarayoni doirasida sillabus dizayni, zamonaviy o‘qitish texnologiyalari hamda kompetensiyaviy yondashuv asosida o‘quv dasturlarini takomillashtirish masalalari chuqur o‘rganilmoqda. Xususan, o‘quv maqsadlarini aniq belgilash, natijaga yo‘naltirilgan ta’lim modelini joriy etish va baholash mezonlarini xalqaro standartlarga mos ravishda ishlab chiqish masalalari muhokama qilinmoqda.

Mazkur jarayon universitetda yapon tili ta’limini yanada rivojlantirish, o‘quv dasturlarini xalqaro talablar asosida takomillashtirish hamda sifatli va raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.