TDSHUda Anor festivali o’tkazildi
#SDG2
2024-yil 20-noyabr kuni TDSHU da Barqaror rivojlanish maqsadlari — Maqsad-2 “Ochlikka barham berish, oziq-ovqat xavfsizligi va yaxshi ovqatlanishga erishish va barqaror qishloq xo’jaligini rivojlantirish” doirasida Anor festivali o’tkazildi.
Tadbirda Ozarbayjon Respublikasi Haydar Aliyev madaniyat markazi va Baki restorani xodimlari, rassom Muhammed Ahmedov hamda Turkshunoslik oliy maktabi professor-o’qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar. Festivalda talabalar anor haqida qiziqarli ma’lumotlar berdilar.
Shuningdek, tadbirda anorni tez va toza tozalash, anordan salat tayyorlash, anor tasvirini tushirish, milliy raqs, she’r aytish kabi turli musobaqalar o’tkazildi.
Festival so’nggida, g’oliblarga Tashakkurnoma va esdalik sovg’alari topshirildi.