TDSHUda AQShning Jons Hopkins universiteti Nitse Pole nomidagi Xalqaro tadqiqotlar maktabi qoshidagi Xitoy global tadqiqotlari markazi (SAIS) direktori Endryu Merta ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida AQShning Jons Hopkins universiteti Nitse Pole nomidagi Xalqaro tadqiqotlar maktabi qoshidagi Xitoy global tadqiqotlari markazi (SAIS) direktori Endryu Merta ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor N.Abdullayev, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i A.Muhsinov, Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti, siyosati va turizm fakulteti “Sharq mamlakatlari siyosati va xalqaro munosabatlar” va Xitoyshunoslik fakulteti “Xitoy tarixi, madaniyati, siyosati va iqtisodiyoti” kafedralarining professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar hamda talabalar ishtirok etdi.