TDSHUda “Barqaror iqtisodiy o‘sish: yashil iqtisodiyot tamoyillari va amaliyotlarini integratsiyalash” mavzusida II xalqaro ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi
2026-yil 11-aprel kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Barqaror iqtisodiy o‘sish: yashil iqtisodiyot tamoyillari va amaliyotlarini integratsiyalash” mavzusida II xalqaro ilmiy anjuman tashkil etildi. Anjumada Hindiston Tashqi ishlar vazirligining kotibi Neena Malhotra hamda Hindistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Smita Pant ham ishtirok etdi. Mazkur anjuman Turkiyaning Istanbul Tijorat universiteti va Bishkek davlat universitetlari bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Shuningdek, anjumanda mahalliy va xorijiy oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari, davlat tashkilotlari hamda xalqaro institutlar vakillari faol ishtirok etdi.
Konferensiya Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rahbariyati tomonidan ochib berildi. Shuningdek, Hindiston, Pokiston, Turkiya va boshqa davlatlardan tashrif buyurgan ekspertlar, O‘zbekiston Respublikasi transport sohasining vakillari hamda xalqaro tashkilotlar mutaxassislari o‘z nutqlari bilan ishtirok etdilar.
Yalpi majlis davomida quyidagi dolzarb yo‘nalishlar yuzasidan ilmiy ma’ruzalar tinglandi:
yashil iqtisodiyotning barqaror rivojlanishdagi o‘rni;
global sog‘liqni saqlash tizimi va barqarorlik masalalari;
oziq-ovqat xavfsizligi va mintaqaviy xususiyatlar;
O‘zbekistonning xalqaro hamkorlik aloqalari;
raqamlashtirish va yashil iqtisodiyot integratsiyasi;
Xitoy va boshqa davlatlarning yashil iqtisodiyot siyosati.
Ishtirokchilar tomonidan ilgari surilgan fikrlar barqaror iqtisodiy rivojlanishning zamonaviy muammolari va ularning yechimlarini yoritib berdi. Anjuman doirasida 6 ta tematik sho‘ba faoliyati tashkil etildi.
Shuningdek, anjumanning “Barqaror iqtisodiy o‘sish va yashil iqtisodiyot tamoyillari: nazariya va amaliyot” sho’basi 15-aprel 2026-yilda Bishkek davlat universitetida o’tkazilishi rejalashtirildi.
Anjuman yakunlari bo‘yicha
yashil iqtisodiyot tamoyillarini milliy iqtisodiyotga keng joriy etish zarurati;
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish;
xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikni kuchaytirish;
Markaziy Osiyoda transport va logistika integratsiyasini rivojlantirish;
ilmiy-tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash.
Mazkur xalqaro anjuman ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, ilg‘or tajribalarni almashish va yashil iqtisodiyot sohasida yangi tashabbuslarni shakllantirish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish hamda kelgusida bunday anjumanlarni muntazam tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.



















