Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Birinchi Turkologiya Qurultoyining 100 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi

06.04.2026, 18:34 Yangiliklar 226

2026-yil 6-aprel kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida, Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi hamkorligida “Birinchi Turkologiya Qurultoyi – uzoq o‘tmishimizdan uzoq kelajakka” nomli ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.

Tadbir 1926-yilda Bokuda o‘tkazilgan Birinchi Turkologiya Qurultoyining 100 yilligi munosabati bilan tashkil etildi va Ozarbayjon Respublikasining prezidenti Ilhom Aliyevning tegishli farmoniga muvofiq amalga oshirilgan.

Seminarda har ikki mamlakatdan yuqori darajadagi davlat va jamoat arboblari, parlament a’zolari, akademiklar va nufuzli olimlar bilan bir qatorda ilm-fan va ta’lim muassasalari vakillari, tadqiqotchilar va talabalar ham ishtirok etdi.

Tadbirni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti prorektori Durbek Sayfullayev, Ozarbayjon Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Guseyn Guliyev ochib berdi.  Seminar davomida akademik doira vakillari so‘zga chiqib, Birinchi Turkologiya Qurultoyining tarixiy ahamiyati, turkiy xalqlarning ilmiy tafakkur tarixidagi roli va bu merosning zamonaviy davrda davom ettirilishi masalalariga to‘xtalib o‘tdilar.

Seminar doirasida turkologiyaning turli yo‘nalishlari bo‘yicha ma’ruzalar taqdim etildi, turkiy xalqlarning umumiy til, adabiyot va madaniy merosi, hamda bu sohada olib borilayotgan zamonaviy tadqiqotlar muhokama qilindi.

Tadbir asli O‘zbek bo‘lgan atoqli Ozarbayjon olimi, tilshunos, jamoat arbobi va Birinchi Turkologiya Qurultoyining tashkilotchilaridan biri Xolid Said Xo‘jayevning xotirasiga bag‘ishlandi.

 

    WordPress Lab WordPress Automatic Plugin WordPress Banner Ads – AdvertPlaces WordPress Booking Hotel WordPress Cloud Manager | Dropbox – Google Drive – S3 Folder Sharing WordPress Country Selector WordPress Download Manager Pro + Addons WordPress Dynamic Keyword Insertion WordPress Easy Menu Editor WordPress Event Manager, Event Calendar and Booking Plugin WordPress Events Calendar Registration & Tickets