TDSHUda “Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz!” mavzusida uchrashuv
2026-yil 2-mart kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz!” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur tadbir sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, talaba-yoshlar o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish hamda zararli odatlarning oldini olishga qaratildi. Uchrashuv davomida mutaxassislar tomonidan foydali tavsiyalar berilib, sog‘lom hayot tamoyillari haqida atroflicha ma’lumot taqdim etildi.







