TDSHUda “Buyuklarga ehtirom” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
2026-yil 12-fevral kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Boburning 543 yilligi munosabati bilan “Buyuklarga ehtirom” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari, talabalar hamda adabiyot va tarix ixlosmandlari ishtirok etdilar.
Mazkur tadbir buyuk mutafakkirlarimizning boy ma’naviy merosini keng targ‘ib etish, yoshlar ongida milliy qadriyatlar va adabiy merosga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratildi.
Tadbir davomida mazmundor ma’ruzalar, g‘azalxonlik namunalari hamda diltortar musiqiy chiqishlar namoyish etildi.


















