TDSHUda davra suhbati

2025-yil 2-aprel kuni TDSHU Tarjimashunoslik, tilshunoslik va xalqaro jurnalistika oliy maktabi tomonidan Xalqaro jurnalistika yo‘nalishi talabalari uchun davra suhbati tashkil etildi.
Ushbu tadbirga «Yoshlar» radiokanali rahbari Oybek Ramazonovich Shomurodov boshchiligida radio boshlovchilar va muharrirlar tashrif buyurdi.
Davra suhbatida talabalarga jurnalistika sohasidagi yangiliklar, tajribalar va professional ko‘nikmalarni shakllantirish bo‘yicha qimmatli maslahatlar berildi. Shuningdek, talabalarning savollariga javob berilib, ularning takliflari tinglandi.