Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUda elektron lug’at mobil ilovasi yaratildi

24.12.2021, 18:46 Yangiliklar 2367

TDSHUda “Xitoy filologiyasi” kafedrasi mudiri, PhD Nazarova Sayyora boshchiligida Android operatsion tizimida ishlovchi xitoycha-o‘zbekcha va o‘zbekcha – xitoycha elektron lug’at mobil ilovasini yaratish bo‘yicha loyiha ustida ish olib borildi.

Mazkur lug’at HSK-xitoy tilini bilish bo‘yicha xalqaro imtihonning so‘z boyligi doirasida ishlatiladigan 2500 mingdan ortiq so‘zni o‘z ichiga olgan. Ushbu lug’atning o‘ziga xos xususiyati shunda-ki, unga yangi so‘zlar qo‘llangan misollar kiritilgan bo‘lib, shu bilan birga ularning grammatik xususiyatlari ham ko‘rsatilgan.

Lug’atning afzalligi uning bepulligi va ilgari qidiruvga berilgan so‘zlarni xotirada saqlash funksiyasiga egaligidadir.

Ma’lumot o‘rnida, joriy mobil ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va sharqshunoslik sohasida ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi PQ-4680-sonli qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida TDSHU tomonidan tasdiqlangan zamonaviy media-mahsulotlar va elektron o‘quv materiallarini ishlab chiqish rejasiga muvofiq amalga oshirildi.

 

Mobil ilovani havola orqali yuklash mumkin.

TDSHU Matbuot xizmati