Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU da «Jahon adabiyoti» tahririyati ijodiy jamoasi

20.05.2022, 18:15 Yangiliklar 1915

20- may kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida «Jahon adabiyoti» tahririyati ijodiy jamoasi bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda  tahririyatning bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev hamda jurnal ijodiy jamoasi a’zolari ishtirok etdilar.  Suhbat davomida hozirgi adabiy jarayonlar, jahon adabiyotining sara asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilish borasidagi yutuq va kamchiliklar, yoshlar orasida kitobxonlikni targ’ib qilish kabi  masalalar muhokama qilindi. Ijodiy uchrashuv ko’tarinki ruhda o’tdi. Tadbir so’ngida universitet  va tahririyat o’rtasida ijodiy maydon vazifasini bajaruvchi davra suhbatlarini tashkil etish bo’yicha takliflar ham bildirildi.

erdjf IMG_5748