TDSHUda “Jahon siyosatida Islom omili” kitobining taqdimoti bo’lib o’tdi
2025-yil 29-may kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida siyosiy fanlar doktori, professor Yo‘ldoshev Shuhrat Akmalovichning “Jahon siyosatida Islom omili / Исламский фактор в мировой политике” nomli yangi darsligi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Taqdimotda TDSHU rahbariyati, yetakchi professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, magistrantlar, siyosatshunos olimlar ishtirok etdi. Kitob muallifi o‘z chiqishida asarning yozilish maqsadi, tuzilmasi va yangiliklari haqida atroflicha ma’lumot berdi.
Ushbu darslik nafaqat talaba va ilmiy izlanuvchilar, balki xalqaro aloqalar va geosiyosat bilan shug‘ullanuvchi barcha mutaxassislar uchun qimmatli manba hisoblanadi.
Tadbir doirasida ishtirokchilar tomonidan kitob muhokamasi, savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilganlar tomonidan bunday asarlarning zamonaviy siyosiy tafakkurni shakllantirishdagi o‘rni alohida ta’kidlandi.












