TDSHUda “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi bo’lib o’tdi
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasida
- 50 dan ziyod davlat tashkilotlari, jumladan: O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Yoshlar ishlar agentligi, Toshkent shahar hokimligi, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi, O‘zbekiston ‘‘Milliy tiklanish’’demokratik partiyasi Markaziy kengashi, O‘zbekiston ‘‘Adolat’’sotsial-demokratik partiyasi siyosiy Kengashi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi, Markaziy Osiyo xalqaro instituti, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, ‘‘Taraqqiyot strategiyasi’’markazi, O‘zbekiston-Yaponiya markazi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti, “Yoshlar ovozi”, gazetasi tahririyati, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Mirobod, Sergeli tumanlari bandlikka ko‘maklashish markazi, Olmazor tumani 22-maktab, Mirobod tumani 290-maktab, 291-maktab;
- 50 dan ortiq xususiy, qo‘shma korxonalar, jumladan: ‘‘Bering Servis kompaniyasi’’, ‘‘TEXNOPARK’’ ma’suliyati cheklangan jamiyat, ‘‘ZIYARAH-TRAVEL’’ MCHJ, ‘‘Teach for Uzbekistan’’, KOICA, Koreya ta’lim markazi, “Akela Group Machinery” kompaniyasi, Azersun danishman turk kompaniyasi, Ziraat bank, TIKA tashkiloti, Wellness Hotel &SPA, General Survey turk kompaniyasi, 深蓝公司 DEEPBLUE, 春秋旅行社Spring Autumn Travel, RUISI CHINA, 中冀建勘China, Hebei Construction & Geotechnical Investigation Group Ltd, AL LULUA, 大唐投资CHINA DATANG CORPORATION, 华商联合会Chinese Merchant Association, ASIA BROTHER, 西部水泥West China Cement AWC, 中建五局CSCEC, BYD Central ASIA, ZTE kompaniyasi, Coach Cement, Huawei Tech investment, IT BILIM, CNEEC kompany, Sayohat Hotel, Traingle supply chain MCHJ, Orient finans bank, Japan Digital university va boshqa davlat, nodavlat tashkilotlari, xususiy sektor vakillari o‘zlarida mavjud 300 dan ortiq ish o‘rinlari bilan ishtirok etishdi.
Tadbirda bitiruvchilar hamda ish beruvchi hamkor tashkilotlar o‘rtasida suhbatlar tashkil qilinib, bitiruvchi kura talabalari bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lishdi. E’lon qilingan bo‘sh ish o‘rinlari uchun 600 dan ortiq bitiruvchi kurs talabalari murojaat qilib, o‘z ma’lumotnomalarini tashkilot va muassasalar vakillariga topshirishdi. Davlat granti asosida bitirayotgan talabalar potensial ish beruvchilar bilan uch tomonlama shartnomalar imzolashni kelishib olishdi.
Umumiy olganda, 2024 yilda universitetni jami 1580 nafar sharqshunos-kadrlar, jumladan, bakalavr bosqichini 1483 nafar va magistratura mutaxassisliklarini 94 nafar bitiruvchi tamomlaydi.
Bugungi “Karyera kuni” mehnat yarmarkasida
Bakalavriat bosqichidan:
- Filologiya va tillarni o‘qitish (arab, fors, urdu, dariy, indonez, vyetnam, turk, koreys, xitoy, yapon tillari) 508 nafar;
- Gid hamrohligi va tarjimashunoslik faoliyati (xitoy, indonez tillari) 29 nafar;
- Tarjima nazariyasi va amaliyoti (arab, dariy tillari) 51 nafar;
- Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik 35 nafar;
- Jurnalistika: xalqaro jurnalistika (hind, turk tillari) 29 nafar;
- Tarix yo‘nalishidan 91 nafar;
- Sharq falsafasi va madaniyati yo‘nalishidan 34 nafar;
- Siyosatshunoslik (yapon, xitoy, koreys, turk, hind, arab, pashtu, fors) 180 nafar;
- Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik yo‘nalishidan 66 nafar;
- Turizm (turk, hind, yapon, xitoy) 93 nafar bitiruvchilar ishtirok etishdi.
Magistratura mutaxassisliklaridan:
- Adabiyotshunoslik 1 nafar; Lingvistika 26 nafar, Mumtoz filologiya 4 nafar, Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik 4 nafar, Sinxron tarjima 2 nafar bitiruvchi, Tarix 13 nafar, Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari 5 nafar, Xalqaro munosabatlar va jahon siyosati 17 nafar, Sharq falsafasi va madaniyati 4 nafar, Tasavvuf germenevtikasi 2 nafar, Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik 3 nafar bitiruvchi, Tashqi iqtisodiy faoliyat 13 nafar bitiruvchi, Turizm 2 nafar bitiruvchilar ishtirok etishdi.