TDSHUda kiberjinoyatchilikka qarshi kurash masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2026-yil 30-yanvar kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va profilaktikasini tashkil etish” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi magistraturasi tinglovchisi, podpolkovnik Anvarjon Boltabev ishtirok etdi. Tadbir davomida kiberjinoyatchilikning bugungi kundagi dolzarb masalalari, uning turlari, oldini olish mexanizmlari hamda axborot xavfsizligini ta’minlash yo‘llari haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Shuningdek, uchrashuvda talabalar va professor-o‘qituvchilarga internet va ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish, shaxsiy ma’lumotlarni himoyalash, firibgarlik holatlaridan ogoh bo‘lish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Tadbir savol-javoblar bilan yakunlandi.




