TDSHUda kitob taqdimoti

2025-yil 26-fevral kuni TDSHUda “Turk adabiyotida ilk mutasavviflar” (Mehmet Fuad Ko‘prulu) kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Taqdimotda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, kitob tarjimoni va adabiyotshunos olimlar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida kitobning ilmiy va adabiy ahamiyati, uning turk adabiyotidagi o‘rni hamda tarjima jarayoni haqida fikr almashildi.