TDSHUga Butunxitoy xalq vakillari Kengashining doimiy raisi tashrif buyurdi
2024- yil 7- iyul kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi Konfutsiy nomidagi O‘zbekiston-Xitoy institutida “Konfutsiy institutlari va sivilizatsiyalararo o‘zaro ta’lim” mavzusidagi Xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi.
Konfutsiy institutlarining 20 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan mazkur seminarda ishtirok etish uchun Butunxitoy xalq vakillari Kengashining doimiy raisi Chjao Letszi, Xalqaro xitoy tili ta‘lim fondi bosh kotibi Chjao Lenshan, Xitoy Xalq Respublikasi Taʼlim vaziri Xuay Szinpen tashrif buyurdilar.
Shuningdek, ushbu nufuzli xalqaro tabdirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov hamda Markaziy Osiyo Konfutsiy institutlari vakillari, Respublikamizning yetakchi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari va soha mutaxassislari ishtirok etdilar.
Ta’lim va fan, madaniy-gumanitar sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishdagi har bir qadam, xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, bu hamkorlik kelajak avlodimiz, yoshlar manfaatlariga daxldor ekani quvonarlidir. Bu uzluksiz jarayon, xuddi urug‘dan qudratli daraxt o‘sgandek, mustahkam hamkorlikning shakllanishiga xizmat qiladi.