Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUda Koreya Respublikasining Milliy Til instituti vakillari ishtirokida uchrashuv o’tkazildi

23.09.2025, 17:25 Yangiliklar 351

2025-yil 22-sentyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Koreyashunoslik oliy maktabida Koreya Respublikasining Milliy Til instituti vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbir doirasida institutning malakali mutaxassislari tomonidan talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun ma’ruzalar o‘tkazilib, Koreyada amalga oshirilayotgan “K-Teacher” dasturi haqida batafsil ma’lumot taqdim etildi. Shuningdek, mehmonlar talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi hamda pedagoglar bilan hamkorlikda metodik mashg‘ulotlar o‘tkazib, koreys tilini o‘qitish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar bilan o‘rtoqlashdilar.

Mazkur uchrashuv koreys tilini o‘qitishning ilg‘or tajribalarini joriy etishga, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirishga va talabalarning ilmiy-amaliy bilimlarini kengaytirishga xizmat qildi.