Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUda “Markaziy Osiyo davlatlarida urdu tili va adabiyoti ravnaqi” nomli ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi

13.03.2023, 13:14 Yangiliklar 1163

Joriy yilning 10 mart sanasida TDSHU “Urdu tili va adabiyoti, Pokiston tarixi va madaniyati”, “Janubiy va janubi-sharqiy Osiyo” tillari kafedrasi hamda NUML (Zamonaviy tillar Milliy universiteti, Islomobod, Pokiston) universiteti bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyo davlatlarida urdu tili va adabiyoti ravnaqi” nomli ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.
Mazkur seminarda NUML universitetining professor-o‘qituvchilari Foziya Aslam, Jamil Asg‘ar Jami, Naim Mazhar, Xazara Universiteti dosenti Muhammad Altaf Yusuf Zai, shuningdek TDSHU “Urdu tili va adabiyoti, Pokiston tarixi va madaniyati” kafedrasi, “Janubiy va janubi-sharqiy Osiyo tillari” kafedralarining professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirok etishdi.