TDSHUda Mirobod tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi bilan hamkorlikda o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
2025-yilning 24-sentabri kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda Mirobod tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi bilan hamkorlikda o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Unda universitetda ishchi-xodimlarning va talaba-yoshlarning favqulodda hodisalar ro‘y bergan vaziyatlarda, jumladan, yong‘in kelib chiqganda, zilzila sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakatlanish borasida o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
Shu bilan bir qatorda mamlakatimizda e’lon qilingan 2025-yilning 15-sentabridan 15-oktabrigacha yong‘indan ogohlik umummilliy loyihasi doirasida talaba-yoshlarga yong‘in va uning kelib chiqish sabablari to‘g‘risida ma’lumot berildi.





