TDSHUda “O‘zbekiston–Koreya: o‘zaro hamkorlikning bugungi kuni va istiqbollari” mavzusida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi
2026-yil 9-fevral kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “O‘zbekiston–Koreya: o‘zaro hamkorlikning bugungi kuni va istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Mazkur nufuzli tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Koreys tili va madaniyati markazlari hamda xalqaro tashkilotlar hamkorligida tashkil etildi. Anjumanda O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi ta’lim, fan, madaniyat, til o‘qitish va ilmiy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda yetakchi olimlar, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va mutaxassislar ishtirok etdi. Ishtirokchilar tomonidan ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish, koreys tilini o‘qitish sifatini oshirish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish hamda akademik almashinuvni kengaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.
Tadbir doirasida ma’ruzalar, taqdimotlar va muhokamalar tashkil etilib, tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladigan muhim tashabbuslar ilgari surildi. Mazkur xalqaro anjuman O‘zbekiston–Koreya munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqish hamda ilmiy-amaliy aloqalarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
































