Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUda “Pekinda ta’lim” mavzusidagi ta’lim ko‘rgazmasi tashkil etildi

23.10.2025, 16:31 Yangiliklar 416

2025-yil 23-oktabr kuni TDSHUda Pekin shahar Ta’lim ishlari boshqarmasi bilan hamkorlikda “Pekinda ta’lim” mavzusidagi ta’lim ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Mazkur ko‘rgazma Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi aloqalarni mustahkamlash, xalqaro hamkorlik doirasini kengaytirish hamda qo‘shma ta’lim dasturlari va talabalar almashinuvi imkoniyatlarini muhokama qilishga bag‘ishlandi.

Ko’rgazmada professor-o‘qituvchilar, TDSHU qoshidagi akademik litsey o’quvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.