Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUda rahbar va yoshlar uchrashuvi

20.02.2026, 15:32 Yangiliklar 136

2026-yil 20-fevral kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda Mirobod tumani IIO FMB boshlig‘i Nasriddinov Ulug‘bek Sadriddinovich, tuman bosh sudyasi Sadikov Sardor Ulug‘bekovich hamda Mirobod tumani prokurori, adliya maslahatchisi Abdullayev Bobir Toxirovich ishtirok etdi.

Tadbir davomida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiziqtirgan huquqiy masalalar, qonunchilikdagi yangiliklar, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, shuningdek, vatanparvarlik va mas’uliyat tuyg‘usini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv savol-javob tarzida davom etib, talaba-yoshlar o‘z fikr va takliflarini bildirish imkoniga ega bo‘ldilar. Tadbir yoshlar bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda ularning huquqiy savodxonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.