Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUda Saudiya Arabistonining ISESCO va Podsho Abdulaziz fondi vakillari tomonidan arab tili o’qituvchilari uchun o’tkazilgan malaka oshirish kurslari muvaffaqiyatli yakunlandi

12.02.2026, 17:19 Yangiliklar 273

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Saudiya Arabistonining ISESCO va Sulton bin Abdulaziz Al Saud nomidagi davlat madaniy-ilmiy muassasasi tomonidan ikki kun davomida TDSHU arab tili o’qituvchilari uchun malaka oshirish kursi tashkil etildi.

Ikki kun davom etgan malaka oshirish kurslarida o’qituvchilar zamonaviy metodiklarni joriy etish, yangi o’quv dasturlari va o’quv-uslubiy majmualarni ishlab chiqish, shuningdek, raqamli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish orqali arab tilini o’qitish sifati oshirish bo’yicha bilim va ko’nikmalarga ega bo’ldilar.

Shuningdek, malaka oshirish kursining yakuni bo’yicha fond vakillari tomonidan ishtirokchilarga sertifikatlar taqdim etildi.