Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUda Saudiya Arabistonining O’zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi hamda ISESCO va Podsho Abdulaziz fondi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

10.02.2026, 17:41 Yangiliklar 140

2026-yil 10-fevral kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga ISESCO va Podsho Abdulaziz nomidagi Tadqiqot va Arxivlar fondi (Darah) vakillari tashrif buyurdi. Uchrashuvda Saudiya Arabistonining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi H.E. Saad bin Nasser Abuhaimed ham ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida qo‘shma ilmiy loyihalar, akademik almashinuv va raqamli ta’lim yo‘nalishlarini rivojlantirish bo‘yicha fikr almashdilar. Shuningdek,ilmiy tadqiqotlar, madaniy merosni asrash hamda arab tilini o‘qitish sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi hamda kelgusida samarali hamkorlikni kengaytirishga kelishib olindi.