TDSHUda “Sharq mamlakatlaridagi xalqaro munosabatlarning zamonaviy transformatsiyasi” mavzusida Respublika konferensiya o’tkazildi
2024-yil 4-may kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Sharq mamlakatlaridagi xalqaro munosabatlarning zamonaviy transformatsiyasi” mavzusida Respublika miqyosida navbatdagi anʼanaviy ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Qodir Jo‘rayev, O‘zbekistondagi Shanxay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazi direktori Qobuljon Sobirov shuningdek davlat arboblari, soha mutaxassislari va professor-o’qituvchilar ishtirok etdi.
Anjuman davomida TDSHU professori, siyosiy fanlar doktori SH.Yovqochevni qutlug‘ yoshga to‘lganliklari munosabati bilan TDSHU rahbariyati hamda hamkasblari qutlab, o‘z ezgu tilaklarini izhor etdilar.