TDSHUda shoir Shuhrat Orifning turk tilidagi yangi asari — «Moviy erk» kitobi taqdimoti
2026-yil 26-fevral kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga iste’dodli ijodkor, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Shuhrat Orif tashrif buyurdi.
Uchrashuv davomida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Shuningdek, shoir Shuhrat Orifning turk tilidagi yangi asari — «Moviy erk» kitobi taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.
Shoir o‘z ijod yo‘li, she’riyatga kirib kelish jarayoni, ilhom manbalari hamda zamonaviy adabiyotning dolzarb masalalari haqida so‘z yuritdi. Ayniqsa, yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, milliy qadriyatlarni asrash va so‘z san’atiga hurmat bilan yondashish borasidagi fikrlari yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.
Tadbir yakunida talabalar shoirga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar hamda ijod namunalaridan parchalar tingladilar. Uchrashuv barchada iliq taassurot qoldirdi.































