TDSHUda stipendiya targ‘iboti

#stipendiya #talaba #uchrashuv
2025-yil 24-fevral kuni TDSHU Talabalarni ilmiy faoliyatga jalb etish bo’limi boshlig’i Javlon Abdazimov va bo’lim bosh mutaxassisi Yulduz Kushanova tomonidan universitetda tahsil oluvchi 1-2-3 bosqich talabalariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga oid jarayonlar bo’yicha talaba yoshlarga ma’lumot beruvchi uchrashuvlar tashkil etildi.
Targ’ibot davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari hamda ularni tayinlash tartibi to‘g‘risida, shuningdek, davlat stipendiyalari tanlovlarining mazmun-mohiyati, belgilangan talablari va rag‘batlantiruvchi imtiyozlar to‘g‘risida talabalarni xabardor qilish ishlari olib borildi.