Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUda “Tarjimashunoslar forumi – 2022” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.

08.11.2022, 17:23 E'lonlar 1872

#BRM17

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI
XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Tarjimashunoslik va xalqaro jurnalistika” kafedrasi tomonidan 2022-yil 10-12 dekabr kunlari “Tarjimashunoslar forumi – 2022” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.

Maqolalar qo‘yidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qabul qilinadi:
• Tarjimashunoslik tarixi va XX asr ikkinchi yarmi tarjimachiligining rivojlanish tamoyillari;
• Tarjima stilistikasi va tanqidi hamda tahrir masalalari;
• Zamonaviy nasr va sheʼriy tarjima muammolari;
• Madaniyatlararo muloqot va badiiy tarjimaning lingvomadaniy aspektlari;
• O‘zbek adabiyoti namunalarini sharq xalqlari tillariga va sharq adabiyoti namunalarini o‘zbek tiliga tarjima qilishning dolzarb masalalari;
• Sinxron, ketma-ket va ilmiy-texnikaviy tarjima sohalarini rivojlantirish masalalari;
• Xalqaro jurnalistikada tarjima va tahrirning o‘rni.

Muallif maqolaning qaysi yo‘nalishga oidligini aniq yozishi lozim.

Maqolalar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
• 5-6 bet hajmda, 1 intervalda, (chapdan 3 sm, yuqoridan 2,0 sm, quyidan 2,0 sm, o‘ngdan 1,5 sm) kompyuterning Microsoft Word muharriri, Times New Roman dasturida 14 o‘lchamli shriftda yozilishi;
• sarlavhalar bosh harflarda,
• undan 1 intervaldan so‘ng muallifning ismi va familiyasi to‘liq,
ilmiy unvoni va ilmiy darajasi, ish joyi (tashkilot, bo‘lim, kafedra nomi) va egallagan lavozimi, elektron adresi va telefon raqami;
• Maqola quyidagi tartibda beriladi:

– o‘zbek, rus, ingliz tillarida annotatsiya va kalit so‘zlar (5-6) keltiriladi;
– Asosiy qism
– Xulosa
– Maqolalarda manbalarga havolalar [ ] da matn ichida qo‘yilishi kerak (Masalan, [7, 128.]).
• Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidagi raqam asosida ko‘rsatilishi shart. (7. Salomov G‘. Rus tilidan o‘zbekchaga maqol, matal va idio¬ma-larni tarji¬ma qilish masa¬la¬¬siga doir. – T.: Fan, 1961).

Maqolalar o‘zbek, rus, ingliz tillarida qabul qilinadi.

• Konferensiya materiallari Google Scholar bazasida indekslanadi.
• Har bir maqolaga DOI (Digital Object Identifier) raqami beriladi.
• Ishtirokchilarga elektron to‘plam va sertifikat taqdim etiladi.
• Barcha konferensiya materiallari to‘plam shaklida chop etiladi.

Maqolalar 2022-yilning 10-noyabriga qadar elektron shaklda tashkiliy qo‘mitaga yuborilishi lozim.

Maqolalar quyidagi elektron manzilga yubrilishi so‘raladi: translationforum2022@gmail.com
Konferensiya ishtirokchilari quyidagi havola orqali tashkiliy qo‘mitaning telegram guruhiga aʼzo bo‘lishlari mumkin: https://t.me/+xgG0s617cQliYzE6
Manzil: Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi, 20. TDSHU asosiy binosi. Tarjimashunoslik va xalqaro jurnalistika kafedrasi.

Murojaat uchun tel:
N.Xodjayeva – kafedra mudiri: +998946442799 – e-mail: nilufarkhodjaeva@gmail.com
X.Hamidov – kafedra dotsenti: +998909600623 –e-mail: hamidovx@gmail.com

Tarjimashunoslar forumi – 2022 dasturi