TDSHUda “Turkiy adabiyot durdonalari” nomli yuz jildlik jamlanma taqdimoti bo’lib o’tdi
2023- yil 5- oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida o‘zbek, qoraqalpoq, turk, ozarbayjon, qozoq, qirg‘iz, turkman va venger adabiyotining eng sara namunalaridan tashkil topgan “Turkiy adabiyot durdonalari” nomli yuz jildlik jamlanma taqdimoti bo’lib o’tdi.
Tadbirni kirish so’zi bilan universitet rektori professor Gulchehra Rixsiyeva ochib bergach, jamlanmaning tayyorlanish hamda tarjima jarayoni borasida O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Zuhriddin Isomiddinov, f.f.d. prof. Boqijon To’xliyev, f.f.n. dots. Ergash Ochilov, f.f.d. dots. Xayrulla Hamidovlar so’zga chiqdilar.