TDSHUda Turkiya Mustaqilligining 99 yilligiga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi
2022- yil 3- noyabr sanasida TDSHU Madaniyat saroyida O‘zbekiston va Turkiya diplomatik munosabatlari o‘rnatilganligining 30 yilligi hamda Turkiya Respublikasi tashkil etilganligining 99 yilligi munosabati bilan “Moziyga qarab ish tutmoq xayrlidir” nomli tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbirga Turkiya Respublikasining O’zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Olgan Bekar hamda elchixona ma’sul xodimlari tashrif buyurdi. Bayram tadbiri TDSHU talabalarning badiiy chiqishlari bilan davom etib, yig’ilganlarga mavzuga doir sahna ko’rinishlari hamda kuy-qo’shiqlar taqdim etildi.