Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUda xalqaro akademik ma’ruzalar tashkil etildi

31.03.2026, 18:20 Yangiliklar 80

2026-yil 31-mart kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining Sharq sivilizatsiyasi va falsafa fakultetida xalqaro akademik ma’ruzalar tashkil etildi.

Dastlab, Erasmus+ ICM almashinuv dasturi doirasida tashrif buyurgan xorijiy olim, Miklós Sárközy tomonidan “Ḥudūd al-ʿālam va uning X asr Markaziy Osiyodagi o‘rni: ilk klassik fors geografiyasi va dasht tarixi” mavzusida ma’ruza o‘tkazildi.

Ma’ruza davomida X asrdagi Markaziy Osiyoning geografik tasavvurlari, fors tilidagi ilk geografik manbalar, dasht hududlari va ularning tarixiy rivojlanishi kabi masalalar chuqur tahlil qilindi. Xususan, “Ḥudūd al-ʿālam” asarining Markaziy Osiyo tarixini o‘rganishdagi o‘rni, unda keltirilgan hududiy tavsiflar va tarixiy-geografik ma’lumotlarning ahamiyati haqida batafsil so‘z yuritildi.

Shuningdek, fakultetda University of Oxford tarkibidagi New College professori, taniqli tarixchi olim Alexander Morrison tomonidan “Markaziy Osiyoning Rossiya tomonidan zabt etilishi masalasi fors tilidagi adabiyotlarda: talqinlar va baholar” mavzusida ma’ruza tashkil etildi.

Professor Alexander Morrison o‘z ma’ruzasida Rossiya imperiyasining Markaziy Osiyoni zabt etish jarayonini fors tilidagi manbalar asosida tahlil qilib, ushbu tarixiy voqelikning turli ilmiy talqinlari va baholarini keng yoritib berdi. Xususan, fors tilidagi adabiyotlarda mazkur jarayonning qanday aks etgani, mahalliy va tashqi qarashlar o‘rtasidagi tafovutlar hamda tarixiy manbalarning ilmiy ahamiyati chuqur muhokama qilindi.

Mazkur ma’ruzalarda fakultet talabalari, magistrantlar hamda professor-o‘qituvchilar faol ishtirok etib, mavzular yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Interaktiv ruhda o‘tgan uchrashuvlar ilmiy muloqot muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.