TDSHUda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

2025-yil 29-mart kuni TDSHUda O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman va “Yosh koreysshunoslar: ilm va ijod ostonasida” forumi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbirda TDSHU rektori Gulchehra Rixsiyeva, Andong universiteti rektori professor Tai-Joo Chung, Keimyung universiteti xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Seon-Jung Kim forum ishini ochib berdilar.
Anjumanda ikki davlat o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, yosh tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash va tajriba almashish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, koreysshunoslik sohasidagi dolzarb muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha fikr-mulohazalarini bildirildi.