TDSHUda Xitoy tili o‘qituvchilarining navbatdagi malaka oshirish loyihasi
TDSHU Xitoyshunoslik fakultetida TDSHU qoshidagi Konfutsiy instituti ko‘magi va Xitoyning Lanchjou universiteti bilan hamkorlikda, Xitoy tili o‘qituvchilari malakasini oshirish loyihasi onlayn rejimda davom etmoqda. O‘qituvchilarning malaka oshirishi to’rt oy davom etib, 2022-yil 4-aprelgacha davom etadi. Loyiha ishtirokchilari til o‘qitish maqsadlari va o‘qitiladigan auditoriyaga qarab guruhlarga bo‘lingan.
Loyiha yakunida O’zbekiston Respublikasi Xitoy tili o’qituvchilari malakasini oshirish bo‘yicha tinglangan 288 soatlik kurs sertifikati beriladi.
* Lanchjou universiteti dunyoning Top-1000 ta universiteti tarkibiga kiradi.
TDSHU Matbuot xizmati