Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUda xorijiy professorlar ishtirokida ma’ruzalar tashkil etildi

16.05.2025, 12:34 Yangiliklar 374

2025-yil 16-may kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Sharq sivilizatsiyasi va falsafa fakulteti, Markaziy Osiyo xalqlari tarixi kafedrasi tashabbusi bilan xorijiy professorlar ishtirokida talabalar uchun ma’ruzalar tashkil etildi.

2Y4A1683

“Markaziy osiyoda islomiy me’morchilik an’analari: tarixiy taraqqiyot va madaniy meros” mavzusida Dr. Karim Kamal Helal – islom me’morchiligi bo‘yicha mutaxassis, PhD, dotsent (Misr Arab Respublikasi)

2Y4A1749

“Arab tilidagi manbalar asosida Movarounnahrning tarixiy va madaniy taraqqiyotini o‘rganish” mavzusida Dr. Nader Al-Wathir – tarixchi, Movarounnahr tarixi va manbashunosligi bo‘yicha mutaxassis (Kuvayt davlati)

2Y4A1811

Professor-o’qituvchilar ma’ruza davomida Markaziy Osiyo hududida shakllangan islom me’morchiligi uslublari, ularning tarixiy ildizlari, madaniy ahamiyati va bugungi kundagi meros sifatida o‘rganilishi hamda Movarounnahr sivilizatsiyasining arab tilidagi tarixiy manbalarda qanday aks etgani, bu manbalarning qadimiylik, ishonchlilik va ilmiy ahamiyati haqida fikr yuritdilar.

2Y4A1735

Tadbir so’ngida talabalar o’zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Shuningdek, professor-o’qituvchilarga universitet tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg’alar berildi.

2Y4A1742

2Y4A1820

2Y4A1714

2Y4A1757

2Y4A1690

2Y4A1723

2Y4A1828

2Y4A1832

2Y4A1836

2Y4A1834