TDSHUda XXR delegatsiyasi

TDSHUga Xitoy-ShHT Savdo-iqtisodiy instituti, Madaniy almashinuv va targ‘ib qilish markazi direktori Van Yusyao boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama madaniyat, fan, texnologiya, san’at va sport sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, hamkorlikda kadrlar tayyorlash, iqtidorli mutaxassislarni rivojlantirish, tahlil markazlari tashkil etish va xalqaro hamkorlikni kuchaytirish borasida fikr almashildi.