TDSHUda “Yangi Oʻzbekiston talabalari olimpiadasi” sport musobaqalarining universitet bosqichi ochilish marosimi boʻlib oʻtdi
TDSHUda “Yangi Oʻzbekiston talabalari olimpiadasi” sport musobaqalarining universitet bosqichi ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Unda universitet rahbariyati, professor-oʻqituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbir davomida sportning turli yoʻnalishlari boʻyicha musobaqalar tashkil etilishi, talabalarning jismoniy faolligini oshirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va iqtidorli sportchilarni saralab olish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, musobaqalarda gʻolib boʻlgan talabalar keyingi bosqichlarda universitet sharafini himoya qilishi taʼkidlandi.





